Yangiliklar

HECH KIM E'TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI!

Поделиться:

Prezidentimiz tashabbusi bilan endilikda butun respublika bo‘ylab davlat muassasalari, vazirliklar, tizim tashkilotlari va hokimliklarda 20 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylash bo‘yicha  doimiy ravishda ochiq tanlov e’lon qilib  boriladi. Shunga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi qator davlat idoralari bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta'minlash maqsadida hamkorlikni yo'lga qo'ydi. 


Bugungi kungacha barcha viloyatlarda bo’lgani singari vohamizda ham aynan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun 100 dan ortiq bo’sh ish o’rinlari yaratildi. Alisher Qorayev 43 yoshda. Qamashi tumanining “Zafar” mahallasida yashovchi fuqaro ishga kirish uchun nomzod sifatida o’z hujjatlarini topshirdi. II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar ro’yxatida turuvchi Alisher aka biz bilan bo’lgan suhbatda mazkur vaqtga qadar nogironligi bo’lgan shaxslarga bu kabi e’tibor qaratilmaganligi aytib o’tdi.


Ma’lumot o’rnida shuni aytish kerakki, dastlab, Respublika bo’yicha 1-iyulga qadar reja-grafik asosida 10 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat idoralari va tashkilotlarida, qo‘shimcha 1000 nafarini esa tijorat banklarida bandligi ta’minlanishi, 2-bosqichda esa yana 10 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.


Bu kabi olib borilayotgan ishlardan ko’zlangan maqsad, nogironligi bo’lgan shaxslarni ishga joylash orqali jamiyatga to’laqonli olib kirish, iqtisodiy mustaqillikka erishishi va hayotga ijtiomoiylashuvini  ta’minlashdan iborat.


Muxbir: Dilshod Shodiyev

Kalendar

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка