Yangiliklar

BEMOR BOLA VAFOT ETGANI UCHUN SHIFOKOR KALTAKLANDI

Поделиться:

Joriy yilning 17-aprel kuni Shahrisabz tuman Bolalar shifoxonasida davolanyotgan 2 yoshli bola vafot etdi. Bolaning hayotini saqlab qolishga uringan jarrohlik bo’limi boshlig’i esa bolaning otasi tamonidan kaltaklangani aytilmoqda. Ayni paytda kaltaklangan 47 yoshli shifokor Shahrisabz shahridagi qo’shma shikastlanish va o’tkir qon tomir kasalliklari markazida davolanyapdi. Biz ushbu markazga yetib keldik. Voqea haqida shifokorning o’zidan so’ramoqchimiz.


Shifokor kaltaklanganini aytayotgan shifokorga qanday tashxis qo’yilgani haqida ma’lumot berdi.


Biz shifokorni kaltaklaganlikda gumon qilingan fuqora bilan ham muloqot qilmoqchi edik. Ammo urinishlarimiz besamar ketdi. Marhum bolakayning yaqinlaridan biridan esa telefon orqali izoh oldik.


Kaltaklanganini aytayotgan shifokor biz bilan muloqotda farzandini yo’qotgan ota-onaga hozirda juda qiyin ekanini shu bois bu holat yuzasidan huquqni muhofoza qiluvchi organlarga murojat etmaganini ma’lum qildi. Shu sababli hozirda voqea bo’yicha tekshiruv harakatlari boshlanmagan. Lekin Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati bizga holat qatiiy nazoratga olinganini ma’lum qildi.


Biz shu o’rinda bazi fuqarolarga murojat qilmoqchimiz. Shifokorlardan norozimisiz noroziliginggizni kuch ishlatib emas qonun doirasida hal qiling.

2 yoshli bolasini yo’qotgan ota-onaga esa chuqur hamdardlik bildiramiz.


Muxbir: Dilshod Nabiyev

Kalendar

«    Июль 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
OPEN BYUDJETDAN G'OLIB
26-04-2024, 18:39
Оцените работу движка